Yangi marralar sari qadam
Men, Toshtemirov Fayyoz Ixtiyorjon o‘g‘li, 20 yoshdaman. Hozirda Toshkent International University'ning "Yurisprudensiya" yo‘nalishi 2-kursida tahsil olaman.
Bugun men uchun juda quvonchli va ahamiyatli kun, chunki shahrimizning eng ishonchli ta’lim maskani bo‘lgan "Sensorika IT" o‘quv akademiyasida "Kompyuter savodxonligi" kursini muvaffaqiyatli tamomladim. Mutaxassisligim huquqshunoslik bo'lishiga qaramay, hozirgi kunda har bir sohada zamonaviy texnologiyalarni chuqurroq tushunishga va amaliy ko‘nikmalarga ehtiyoj juda katta. "Sensorika IT" akademiyasidagi tajribali ustozlar o‘zlarining professional yondashuvi va sabr-toqati bilan menga kompyuter olamining poydevorini mustahkam qurishga katta yordam berishdi.
Bu yerdagi sifatli ta’lim va samimiy muhit menda sohaga nisbatan yanada katta qiziqish uyg‘otdi. Albatta, bu hali faqat boshlanishi! Olgan bilimlarimdan ilhomlanib, kelajakda aynan shu dargohda "AutoCAD (loyihalashtirish va chizmachilik)" yo‘nalishida ham o‘qishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim.
Fursatdan foydalanib, "Sensorika IT" akademiyasi jamoasiga, sabrli va talabchan ustozlarimga o‘zimning chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Markazning kelgusi ishlariga ulkan zafarlar, ilm tarqatishdek sharafli yo‘lida doimo omad yor bo‘lishini tilab qolaman! Shogirdlaringiz safi bundan-da kengayaversin.
Hamdullaev Azizbek ustozimga alohida katta rahmat!
