Mening ismim Soliha
Mening ismim Soliha, 14 yoshdaman, va 1 yildan buyon “Sensorika IT” o‘quv markazida tahsil olib kelmoqdaman. Bu qisqa davr ichida hayotimda katta o‘zgarishlar yuz berdi: yangi bilimlar, yangi imkoniyatlar va keng dunyo meni kutib oldi. Texnologiyalar olamiga kirganimda, bu yo‘lning naqadar qiziqarli, foydali va kelajakni yaratish uchun to‘la imkoniyatlarga boy ekanini tasavvur qilmagan edim.
