Maqsad yo‘lida to‘siqlar yo‘q: Qiyinchiliklardan kuchli mutaxassislik sari
Men, Toshova Marjona Sevdiyor qizi, 25 yoshdaman. Hayotimning eng go‘zal va mas’uliyatli davrini yashayapman – ikki nafar farishtadek farzandning onasi bo‘lish bilan bir qatorda, Navoiy innovatsiyalar universitetining IT texnologiyalari yo‘nalishida 2-kursda tahsil olmoqdaman. Hayotda shuni angladimki, insonning qalbida qat’iy maqsad bo‘lsa, onalik vazifalari ham, vaqtning tig‘izligi ham ilm olishga va o‘z ustida ishlashga to‘sqinlik qila olmas ekan.