Maqsad yo‘lida to‘siqlar yo‘q: Qiyinchiliklardan kuchli mutaxassislik sari
Men, Toshova Marjona Sevdiyor qizi, 25 yoshdaman. Hayotimning eng go‘zal va mas’uliyatli davrini yashayapman – ikki nafar farishtadek farzandning onasi bo‘lish bilan bir qatorda, Navoiy innovatsiyalar universitetining IT texnologiyalari yo‘nalishida 2-kursda tahsil olmoqdaman. Hayotda shuni angladimki, insonning qalbida qat’iy maqsad bo‘lsa, onalik vazifalari ham, vaqtning tig‘izligi ham ilm olishga va o‘z ustida ishlashga to‘sqinlik qila olmas ekan.
Zamonaviy ilm-fan va texnologiyalar uyg‘unligi sari
Men, Shukurova Feruza Abdillo qizi, 28 yoshdaman. Hayotimni ilm-fan va izlanishlar bilan bog‘lash maqsadida Navoiy davlat universitetining "Tabiiy va tibbiyot fanlari" fakultetida o‘z mutaxassisligimni tanlaganman. Bugungi kunda qaysi sohaga e'tibor qaratmaylik, barcha jarayonlar tezkorlik bilan raqamlashtirilayotganiga va zamonaviy axborot texnologiyalari bilan uzviy bog‘lanib ketayotganiga guvoh bo‘lamiz. Ayniqsa, tibbiyot va tabiiy fanlar laboratoriyalarida aniqlik, tezkorlik va ma'lumotlarni to‘g‘ri tahlil qilish o‘ta muhim ahamiyatga ega.
MAXAMATOV DIYORBEK SHUXRAT O'G'LI
Python kursi bitiruvchisi
NE’MATOV RIXSITILLA MURODJON O‘G‘LI
Kompyuter savodxonligi kursi bitiruvchisi
JUMANAZAROV ULUG'BEK FOZILOVICH
Kompyuter savodxonligi kursi bitiruvchisi